- > Bosh sahifa
- > Asosiy ma`lumotlar
- > Xujjatlar
- > Ta`lim
- > Ma`muriyat
- > Moddiy texnik baza
- > Pullik ta`lim xizmatlari
- > Moliyaviy iqtisodiy faoliyat
- > Mavjud qulayliklar
- > Ta`lim standartlari
- > Yangiliklar
- > Talabalar uchun
- > Abituriyentlar uchun
- > Attestatsiya va malaka oshirish
- > Media
- > Aloqa uchun
Hurmatli yoshlar
Davlatimiz rahbarining navqiron avlodga bo‘lgan ulkan ishonchi va e’tibori zimmangizga katta mas’uliyat yuklaydi.
Mamlakatimizda – yangi O‘zbekistonda keyingi yillarda yoshlarga munosabat qanday tubdan o‘zgarganiga barchangiz guvohsiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatidan kelib chiqib, yoshlarning hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning ezgu intilishlari, salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlar izchil va samarali amalga oshirilmoqda.
Ilg‘or bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallashimiz, yuksak malakali mutaxassis, yurtning chinakam vatanparvari bo‘lib yetishishimiz uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda.
Ko‘plab tengdoshlaringiz hayotning barcha jabhalarida, jumladan, davlat, mas’ul lavozimlarda, zamonaviy korxonalar, kichik biznes va tadbirkorlik, fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va sport sohalarida faol mehnat qilmoqda.
Bugun Vatanimiz kelajagini belgilab beruvchi, yangi Uyg‘onish davri negizini tashkil etuvchi asosiy soha – ta’lim va tarbiya jadal rivojlanmoqda.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish asosida ta’lim muassasalari, madaniyat va sport inshootlari tobora ko‘paymoqda. Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijodiy maktablarda yuzlab iqtidorli yigit-qizlar zamonaviy bilim olmoqda, mahorat sirlarini chuqur anglamoqda.
Bugungi davrda davlatimiz rahbarining muhim g‘oyalari, xususan, iqtidorli talabalar uchun Prezident granti, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalari ta’sis etilishi haqidagi xabarlarni eshitib, sizlar uchun g‘oyat mamnun bo‘ldik.
Davlatimiz rahbari beshta muhim tashabbusni hayotga izchil tatbiq etish, iqtidorli bolalar iste’dodini ro‘yobga chiqarish, navqiron avlodni jismonan va ma’naviy kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi. .
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining yoshlarga qarata aytgan “Ilmning qadriga yet, bilimga intil! Bir soniyani ham behuda sarflamang! Yodda tutingki, yoshlik hayotning eng bebaho davri, ilm va bilim esa suvga cho‘kmaydigan, olovda yonmaydigan, uni hech kim tortib ololmaydigan noyob boylikdir!"
Tarixiy haqiqat va boy tajribaga asoslangan bu so‘zlar hamisha hayotiy shiorimiz bo‘lib qoladi.
Aziz do'stlar, aziz yoshlar!
Bugun xalqimiz, jonajon Vatanimiz, muhtaram Prezidentimiz siz, yosh avloddan ulkan marralarni kutmoqda. Yoshlar o‘z oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida hal qiluvchi kuchdir.
Ana shunday mas’uliyat naqadar teran ekanini barchangiz teran anglab, Vatan manfaatlari yo‘lida yanada kuchliroq birlashib, chinakam tarixiy missiyani sharaf bilan bajarishingiz tarafdorimiz.
Xalqimiz, Prezidentimiz, ota-onalar, ustozlarimizning katta umid va ishonchini amaliy ishlar – a’lo o‘qish, vijdonan mehnat va munosib ibrat bilan oqlashingiz kerak.
Siz bu vazifani albatta engasiz. Chunki sizlar Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Bobur, Buxoriy, Termiziy avlodisizlar.
Biz buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lamiz, deb ishonch bilan ayta olamiz.
Vatanga fidokorona xizmat qilish, har qanday sinov va qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tish hayotimizdan maqsad bo‘lsin.
Vatanimizning chinakam tayanchiga aylanib, yangi O‘zbekiston, yangi Uyg‘onish davrining shakllanishiga munosib hissa qo‘shaylik!
