Ваш браузер устарел. Рекомендуем обновить его до последней версии.

Ibragimov Orifjon Murodullayevich

Direktor

_________________________________________________________

Qabul kunlari:

dushanba, payshanba

_________________________________________________________

Qabul vaqti:

11:00 - 14:00

e-mail: ibragimov.orifjon@gmail.com

tel: +99893 720 04 50 

      +99866 232 19 69

 Ibragimov Orifjon Murodulloyevich 22-fevral 1974-yil Samarqand viloyati Urgut tumani O.Uzoqov jamoa xo’jaligining  Tersak-2 qishlog’ida ziyoli oilasida tug’ilgan.

1979-yildan 1990 yilgacha Urgut tumanidagi M.Shayxzoda nomli 90-o’rta maktabda ta`lim olgan.

1990-yildan 1993 yilgacha  Samarqand viloyat Urgut tumani 90-o’rta maktabning laboranti bo’lib ishlagan.

 O’rta maktabni tamomlagach, 1993 yil Toshkent Bolalar tibbiyot oliygohiga o’qishga kirib, 2000 yilda oliygohni tamomlagan.  2001-yildan 2004 yilgacha Jizzax viloyati Paxtakor tumani Bolalar poliklinikasida bolalar shifokori bo’lib ishlagan.

2004-yildan 2010-yilgacha  Siyob  tibbiyot kolleji Hamshiralik ishi kafedrasida o’qituvchi, 2010-yildan 2015-yilgacha Farmatsiya bo’limi mudiri lavozimida, 2015-yildan 2016 yilgacha  O’quv ishlari  bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2016-yildan hozirgi vaqtgacha Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori lavozimida gaoliyat yuritib kelmoqda.