Ваш браузер устарел. Рекомендуем обновить его до последней версии.

2025−2026-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi
Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy  va professional ta’lim mu assasalariga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, 

so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan a

bituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini

 OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

https://www.abt.uz/blog/texnikumlarga-qabul-qachon-va-qanday-tartibda-tashkillashtiriladi

 

Siyob Abu Ali inb Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnuikumi hamda Koreya Respublikasining Daejong tibbiyot universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi asosida hamkorlik memorandumi imzolandi. Qo’shma ta’lim dastiruga asosan o’qish muddati Siyob JST va Daejong Tibbiyot Universiteti o‘rtasidagi memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik va kelajakdagi imkoniyatlarni mustahkamlash maqsadida imzolangan muhim hujjatdir. Ushbu memorandum, odatda, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuvlar, hamkorlikdagi loyihalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Hamkorlik doirasida har ikkala tomon ham o‘z bilim va tajribalarini almashish, texnologiyalarni birgalikda rivojlantirish hamda global sog‘liqni saqlash muammolariga yechim topishga harakat qiladi. Bu turdagi memorandumlar ilm-fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

Joriy yilning 10-avgustidan 10-sentyabriga qadar texnikumda Koreya Respublikasining “Daejeon Health University” universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2025/2026 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni hamkorlikda belgilangan tartibda yozma imtihon shaklida qabul qilinadi.

O’qish muddati 3 yillik va 4 yillik ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.

3 yillik dasturda (2+1) 2 yil O’zbekistonda 1 yil

Koreya Respublikasida.

4 yillik dasturda (2+2) 2 yil O’zbekistonda 2 yil

Koreya Respublikasida.