- > Bosh sahifa
- > Asosiy ma`lumotlar
- > Xujjatlar
- > Ta`lim
- > Ma`muriyat
- > Moddiy texnik baza
- > Pullik ta`lim xizmatlari
- > Moliyaviy iqtisodiy faoliyat
- > Mavjud qulayliklar
- > Ta`lim standartlari
- > Yangiliklar
- > Talabalar uchun
- > Abituriyentlar uchun
- > Attestatsiya va malaka oshirish
- > Media
- > Aloqa uchun
SIYOB ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI - SIYOBJST
СИАБСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНЫ
SIAB TECHNICAL KOLLEGE OF PUBLIC HEALTH NAME OF ABU ALI IBN SINA
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 1982 yil 23 aprel O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 307-sonli buyrug'i bilan 2-son tibbiyot bilim yurti tarzida tashkil etilgan. O`tgan davr ichida texnikumda 13 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari etishib chiqqan. Ular butun O`zbekiston bo`ylab, bundan tashqari yaqin va uzoq xorijda ham yashab mehnat qilishmoqda. Texnikumda jami 116 nafar oʼqituvchilar (13 nafar umumtaʼlim, 103 nafar maxsus fan oʼqituvchilari) taʼlim-tarbiya berishmoqda. 103 nafar maxsus fan oʼqituvchilarining 98 nafari shtatda, 5 nafar oʼqituvchilar oʼrindoshlik asosida ishlamoqda.
Texnikum talabalari xalqaro, respublika, viloyat va shahar konferensiyalari, olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va madaniy tadbirlar, turli sport musobaqalari, KVN, badiiy havaskorlik to‘garaklarida qatnashib, doimiy ravishda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
2025-2026 yillarda hamshiralik ishi, feldsher-akusherlik ishi, feldsher laborantlik ishi, farmatsiya ishi, tibbiy-profilaktika, tibbiy radiologiya, tibbiyot brigadasi hamshirasi, ishi kasbining ishlab chiqarish, diplom oldi amaliyotlarini o`tkazish uchun barcha shahar shifoxonalari, 1-2-3 tug`ruq komplekslari, viloyatdagi barcha tuman tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son Farmoni, kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va xalqarota’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Janubiy Koreyaning DayeJeong universiteti va Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama memorandumda O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma ta’lim dasturi asosida 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning DayeJeong tibbiyot universiteti bilan Hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlash, bunga ko‘ra 2+1 va 2+2 ta’lim dasturi asosida o‘quvchilarni qabul qilish va dastlab 2 yil Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida keying bir yil yoki ikki yil Janubiy Koreya Respubliksining DayeJeong tibbiyot universitetida davom yettirishi bo‘yicha kelishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi PQ-367-sonli Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Shveysariya Konfederatsiyasining “Globogate Concept AG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Germaniya sog‘liqni saqlash tizimida ishlash istagini bildirgan Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 50 nafar o‘quvchiga xorijiy tilga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish belgilangan.
“Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalarini tayyorlash sifatini oshirish va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash orqali – O`zbekiston fuqarolarining salomatligini mustahkamlash” bizning texnikum shioridir.