Ваш браузер устарел. Рекомендуем обновить его до последней версии.

Jamolov Anvar Kuchkorovich

Direktorning o`quv va tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari

______________________________________________________________

Qabul kunlari:

seshanba, juma

______________________________________________________________

Qabul vaqti:

11:00 - 14:00

e-mail: jamolovanvar@gmail.com

tel: +99897 393 88 58

      +99866 232 19 69

Jamolov Anvar Kuchkorovich 1973 yil 11 avgustda Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi “Qo’shhovuz” qishlog’ida ziyoli oilasida tug’ilgan.

1980 - yildan 1990 - yilgacha “Qo’shhovuz” jamoa xo’jaligida Sh.A.Ikromov nomli 68 - o’rta maktabda ta`lim olgan. 1990 - 1993 yil davomida Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanidagi “Qoshhovuz” jamoa xo’jaligida ishchi bo’lib ish boshlagan.   

O’rta maktabni tamomlagach, 1993 yil Samarqand Davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetiga o’qishga kirib 2000 yil oliygiohni bitirgan va Siyob  tibbiyiot kollejiga  “Pediatriya” fani o’qituvchi bo’lib ishga qabul qilingan.

2007 - yildan 2010 - yilgacha Siyob tibbiyot kollejida III-kurs “Hamshiralik ishi” bo’lim mudiri bo’lib ishlagan. 2010 - yildan 2011 - yilgacha  Siyob tibbiyot kollejida Kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimini vaqtincha bajaruvchi bo`lib ishlagan.

2010 - yildan 2012 - yilgacha Siyob tibbiyot kollejining O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2012 - yil Siyob tibbiyot kolleji direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo’lib va 2012 - yildan 2016 - yilgacha Siyob tibbiyot kolleji direktori lavozimida ishlagan.

2016 - yilda Siyob tibbiyot kollejida  Hamshiralik ishi bo’lim mudiri, 2016 - yildan 2017 - yilgacha Siyob tibbiyot kollejining O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimini vaqtincha bajaruvchi bo’lib va 2017 - yildan 2020 - yilgacha Siyob tibbiyot kollejining O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2020 - yil 1 - noyabrdan hozirgi vaqtgacha Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Direktorining o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.