Ваш браузер устарел. Рекомендуем обновить его до последней версии.

2025−2026-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi
Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

Siyob Abu Ali inb Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnuikumi hamda Koreya Respublikasining Daejong tibbiyot universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi asosida hamkorlik memorandumi imzolandi. Qo’shma ta’lim dastiruga asosan o’qish muddati Siyob JST va Daejong Tibbiyot Universiteti o‘rtasidagi memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik va kelajakdagi imkoniyatlarni mustahkamlash maqsadida imzolangan muhim hujjatdir. Ushbu memorandum, odatda, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuvlar, hamkorlikdagi loyihalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Hamkorlik doirasida har ikkala tomon ham o‘z bilim va tajribalarini almashish, texnologiyalarni birgalikda rivojlantirish hamda global sog‘liqni saqlash muammolariga yechim topishga harakat qiladi. Bu turdagi memorandumlar ilm-fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

joriy yilning 10-avgustidan 10-sentyabriga qadar Sergeli va Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga Koreya Respublikasining “Daejeon Health University” universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2025/2026 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni hamkorlikda belgilangan tartibda yozma imtihon shaklida qabul qilishni tashkil etish

O’qish muddati 3 yillik va 4 yillik ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.

3 yillik dasturda (2+1) 2 yil O’zbekistonda 1 yil

Koreya Respublikasida.

4 yillik dasturda (2+2) 2 yil O’zbekistonda 2 yil

Koreya Respublikasida.

Korea Respublikasining Daejeon Sog`liqni saqlash Universtiteti hamda Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda Siyob Jamoat salomatligi texnikumida Daejeon UUniverstiteti filiali ochilish marosimi bo`lib o`tdi

https://hit.ac.kr/uzbekistan

Assalomu alaykum hurmatli texnikum ustoz murabiylari hamda talaba yoshalri ! IT sohaisiga qiziqishi bo'lgan, ushbu sohada bilimini boyitish istagi bo'lganlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz/ platformasidan ro'yxatdan o'tib ushbu platformadagi bepul kurslardan foydalanish imkoniyati borligini ma'lum qilamiz ! Aytish mumkinki, “Bir million dasturchi” loyihasi qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalariga qiziqishi bo‘lgan bir necha yuz minglab yoshlarga ushbu soha bilan shug‘ullanish, maxsus kurslarda qatnashish, bir qator imtiyozlar va kasb-hunarli bo‘lish imkoniyatini bermoqda.

Ҳурматли ҳамкасблар, Сизларни Ўзбекистон Мустақиллигининг 25 йиллиги билан самимий қутлаймиз!

Мустақил Ватанимизнинг тинчлиги, гуллаб яшнаши ва равнақи учун қилаётган хизматларингизда омад ёр бўлсин!

30 iyildan 30 avgustgacha o`tkazilayotgan obodonlashtirish oyligi doirasida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida xonalar, o`quv xonalari va texnikum xududi ta`mirdan chiqarilib, yangi o`quv yiliga tayorlanmoqda. Texnikum xovlisidagi draxtlar xasharotlarga qarshi dorilanib lotoklar tozalandi. 

Hurmatli 3-kurs talabalari!

9 iyun kunidan bitiruvchi kurslar uchun Davlat imtixonlari boshlanadi!

Imtixon 2 bosqichda o`tkaziladi: test va amaliy imtixon - OSKE ko`rinishida bo`ladi. Testlar va amaliy imtixon savollari telegram gruppalarda e`lon qilingan.

Imtixonlarga be`etibor bo`lmang!

Siyob JST ma`muriyati 

Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida 19-20 may 2023 yilida talabalar o`rtasida bo`lib o`tgan 77-Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada Siyob Abu Ali Ibn Sino nom

idagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari Ergasheva Fotima Anvarovna (ilmiy rahbari Sh.R.Mexmonqulova) Start-up yo`nalishida patronaj.uz loyihasi bilan ishtirok etib

 faxrli 1-o`rin, Nuriddinova Diyorabonu Fazliddin qizi (ilmiy rahbari Ro`zimurotova Yu.Sh) Universtitet, texnikum, kollej  o`qituvchi va talabalarining hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlari yo`nalishida "Reanimatsion hamshiralarining kasallanish, turmush tarzi va mehnat shartlarini ijtimoiy-gigiyenik baholash" nomli o`z ilmiy ishi bilan qatnashib faxrli 1-o`rinlarni egalladilar.

Hurmatli hamshiralar!

Sizlarni Halqaro hamshiralar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog`liq hamda sharafli va ayni damda mashaqqatli hamshiralik faoliyatingizda sabr-toqat va xalq salomatligi yo`lidagi mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Bitiruvchi kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti yakunlari bo`yicha imtixon 

5-6-7 aprel kulari bitiruvchi kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti yakunlari bo`yicha imtixon bo`lib o`tadi. Imtixon savollari telegram gruppalarda e`lon qilingan 

"Targ`ibot poyezdi" Siyob tibbiyot texnikumida